Germaniyada koronavirusga chalinganlar milliondan oshdi
Germaniyada virus yuqtirib olgan fuqarolar soni bir million nafarga yetdi.
Umuman olganda Yevropa mamlakatlarida karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinayotgani ko‘hna qit’ada, jumladan olmon yurtida ham kasallik jadal sur’atda urchib ketishiga asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Dunyo miqyosida pandemiya boshlangandan buyon 60 milliondan ortiq COVID-19 xastaligi bilan bog‘liq xolat qayd etildi. 1,4 million kishi virus oqibatida vafot etgan.
Ayni payt Berlindagi aeroport dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab virusga qarshi emlash markaziga aylanishi aytilgan.
Butun dunyo dekabr oxiri yoki yanvar boshlarida vaksina kelishini kutmoqda.
Germaniya uzoq vaqt epidemiyani boshqarish bo‘yicha nafaqat Yevropada, balki jahonda yetakchi mamlakatlardan biri bo‘lib keldi. Afsuski, ikkinchi to‘lqin bu rivojlangan davlatga ham jiddiy zarba berdi.
Ma’lumot o‘rnida keltirish joiz, GFRda hozirgacha 1 006 394 kasallik qayd qilingan, oxirgi 24 soat ichida esa ayni ko‘rsatkich 22 806 tani tashkil etmoqda.