Germaniya va Ukraina jangovar robotni sinovdan o‘tkazdi
Germaniyaning “ARX Robotics” va Ukrainaning “Roboneers” kompaniyalari frontda qo‘llashga mo‘ljallangan qurollangan yer usti robotini sinovdan o‘tkazdi. "Gereon" nomli platformaga masofadan boshqariladigan "Saber" qurol moduli o‘rnatiladi. Birinchi tizimni 2026-yil oxiriga qadar Ukraina Qurolli kuchlariga yetkazish rejalashtirilgan.
Bunday robot razvedka olib boradi, yuk tashiydi, yaradorni ko‘chiradi va dronga qarshi kurashadi. Moslamaga miltiq yoki granata otuvchi aslaha o‘rnatish mumkin. Mazkur tizim xavfli hududga kirmasdan, masofadan turib harakatlanish imkonini beradi.
Tomonlar o‘rtasidagi tegishli kelishuv Germaniya Kansleri Fridrix Mersning oktabr oyidagi Kiyevga tashrifi chog‘ida imzolangan. Darvoqe, GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius Myunxendagi “Helsing” kompaniyasida harbiy sohada sun’iy intellekt texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar bilan ham tanishyapti.
Musulmon Ziyo, O‘zA