G‘oliblar mamlakat bosqichiga boradi
“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Kamolot-tur” VIII yoshlar velomarafonining Sirdaryo viloyati bosqichida 450 nafar havaskor sportchi ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mustaqilligimizning 24-yilligiga bag‘ishlab “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan velomarafon yoshlar orasida keng ommalashayotgan loyihalardan biridir.
Velomarafonda turli yosh toifalari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblar musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
“Eng yosh poygachi”, “Faxriy velopoygachi”, “Eng mahoratli texnik velopoygachi”, “Eng irodali velopoygachi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.