G‘oliblar mamlakat bosqichiga boradi
Namanganda o‘tkazilgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 35 tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi.
Namanganda o‘tkazilgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 35 tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan ushbu an’anaviy tanlov kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Eng yaxshi tadbirkor” yo‘nalishida Namangan tumanidagi “Aisha home textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi rahbari Jobir Kamoliddinov birinchi o‘rinni egalladi. Namangan tumanidagi “Ahmadbek Saxovati” fermer xo‘jaligi rahbari Rustam Qozoqboyev “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi. Yangiqo‘rg‘onlik Gulnora Qurbonova “Eng yaxshi hunarmand” deb topildi.
G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.