G‘oliblar jahon chempionatiga boradi
Poytaxtimizda fudokan karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda fudokan karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi hamda Fudokan karate-do federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada yuz nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.
– Yurtimizning barcha viloyatlarida yoshlarning mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi O‘zbekiston fudokan karate-do federatsiyasi raisi Shuhrat Anvarov. – Sportchilarimizning jahon va qit’a miqyosidagi nufuzli turnirlarda munosib ishtirok etayotgani davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir.
O‘zbekiston kubogi bahslari joriy yilning dekabr oyida Serbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan karatechilar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Musobaqada Abdulaziz Karimov, Shavkat G‘ulomov, Jonibek Kamolov, Sherzod Anvarov, Asror Olimjonov, Humoyun Ismoilov, Muhammad Jamolov, Abduvahob Dadaboyev, Muhammadjon Elmamatov, Behruz Jo‘raboyev, Asal Ilyasheva, Muxlisa Tosheva, O‘g‘iloy Sholimova, Madina Anvarova, Sevinch Sodiqova o‘z yosh va vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.