G‘oliblar aniqlandi
Toshkentda 64 katakli shashka bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda 64 katakli shashka bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Erkaklar o‘rtasida klassika yo‘nalishi bo‘yicha Alisher Ortiqov (Sirdaryo), rapid yo‘nalishi bo‘yicha Samandar Kalonov (Sirdaryo), blits yo‘nalishi bo‘yicha Abduqodir Toshtemirov (Andijon) g‘olib bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Mohinur Umarova (Sirdaryo), Sarvinoz Hasanova (Buxoro), Vasiya Berdiqulova (Sirdaryo) g‘oliblik nashidasini surdi.
O‘smirlar o‘rtasida bo‘lgan musobaqalarda esa Mirzohid Rafiyev (Buxoro), Ramazon Xudoynazarov (Surxondaryo), Saidqosim Aliyev (Buxoro) tengsiz bo‘ldi. Shahzoda Tursunmurodova (Sirdaryo), Niara Abdishayeva (Farg‘ona), Shahzoda Tursunmurodova (Sirdaryo) qizlar o‘rtasida chempion bo‘ldi.
G‘oliblar Ulan-Batorda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqalarida, shuningdek Bolgariyada o‘tkaziladigan Jahon chempionati bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya etadi.