“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”
“Yangi asr avlodi” nashriyotida mashhur nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asari chop etildi.
“Yangi asr avlodi” nashriyotida mashhur nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asari chop etildi.
Erix Mariya Remark ijodi bilan kitobxonlar uning “Uch og‘ayni“ romani orqali tanishgan. Mana endi adibning yana bir mashhur romani e’tiboringizga havola qilinayotir. Mazkur asarda Birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Adabiyotshunoslar ta’rifi bilan aytganda “yo‘qotilgan avlod” haqida fikr yuritiladi. Asar yosh askar Paul Boymerning boshidan kechirgan voqealari, shuningdek, uning Birinchi jahon urushidagi frontdoshlari haqida hikoya qiladi.
“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asari 1929 yil yozilgan. Asarni rus tilidan o‘zbek tiliga Nizom Komil mahorat bilan o‘girgan.