Gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlandi
Mamlakatimizda bu yil 1 million 263 ming gektarda boshoqli don yetishtirildi.
Qishloq xoʻjaligi
Joriy yilda kuzgi boshoqli don ekinlarini yetishtirishda davlatimiz tomonidan 3,6 trillion soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga oʻz vaqtida yetkazib berildi.
Oʻtgan vaqt davomida ekilgan gʻalla maydonlari peshma-pesh sugʻorilib, zarur agrotexnik tadbirlar bajarildi.
Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 10-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida 2020-yil hosili uchun ekilgan gʻalla hosildorligini har gektaridan qoʻshimcha 20 sentnerga koʻpaytirish hamda 70 sentnerdan kam boʻlmagan miqdorda boshoqli don hosilini olish choralarini koʻrish zarurligi taʼkidlangandi.
Mazkur topshiriqqa asosan gʻalla parvarishi boʻyicha aprel oyida “Zarbdor 30 kunlik” eʼlon qilinib, bir qator muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, gʻallani azotli mineral oʻgʻitlar bilan qoʻshimcha 150 kilogrammdan oziqlantirish, ikki marta bargidan suspenziya sepish tadbiri bajarildi. Begona oʻtlarga qarshi gerbetsidlar bilan toʻliq bir marta, “zang” kasalligi va zararkunandalarga qarshi ikki marta fungitsidlar bilan kimyoviy ishlov oʻtkazildi.
Bir soʻz bilan aytganda, bugungi kunda respublika boʻyicha bugʻdoyzorlarda moʻljaldagi gʻalla hosili yetishtirildi. Endigi vazifa ushbu yetishtirilgan hosilni oʻz vaqtida nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olishni tashkil etishdir. Xususan, hududlarda ekilgan gʻalla navlarining pishish holatidan kelib chiqib, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 30-may, Buxoro, Toshkent va Andijon viloyatlarida 5-iyun, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 10-iyun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 15-iyundan gʻalla oʻrim-yigʻimi grafiklari ishlab chiqilgan. Bu yil gʻallani qisqa muddatlarda, nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish maqsadida hududlarda 3 ming 159 ta oʻrim-yigʻim otryadi tashkil etildi.
Ushbu gʻalla oʻrish otryadlariga 3 ming 712 ta gʻalla oʻrish kombayni, 15,9 mingdan ortiq don tashish avtotransporti, 2 mingga yaqin traktor tirkama, 1 ming 772 ta koʻchma ustaxona, 1 ming 843 ta yoqilgʻi tashish transport vositasi va 4 ming 222 nafar ichki ishlar xodimi biriktirildi. Bundan tashqari, gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumida kombaynlarning toʻxtovsiz ishlashini taʼminlash maqsadida 15,2 milliard soʻmlik ehtiyot qismlar zaxirasi yaratilgan.
Joriy yil 30-maydan Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida gʻalla oʻrim-yigʻimi ishlari boshlandi.
Joriy yil mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi uchun ham birmuncha sinovli keldi. Tabiat injiqliklari fermerlar faoliyatiga ham sezilarli darajada oʻz hukmini oʻtkazdi. Ammo tadbirkor dehqon har qanday qiyinchiliklarni yengishga qodir. Sohada erishilgan yutuqlarning asosiy sabablaridan biri, bu tinimsiz izlanish va uddaburonlik bilan ish yuritish hisoblanadi.
Gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlangan bugungi kunda fermerlarning mehnatini qadrlash, ular yetishtirayotgan hosilni asrashda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham oʻz vazifasiga sidqidildan yondashib, boshoqli donni yongʻindan asrashga qaratilgan targʻibot ishlarini olib bormoqda.
Bundan tashqari, gʻalla oʻrimi mavsumiga jalb qilinadigan barcha texnika vositalari soha mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, shay holatga keltirildi.
Viloyatda yetishtirilgan gʻallani yigʻib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Xususan, “Ohangarondon” aksiyadorlik jamiyatida “Gʻalla – 2020” yigʻim-terimiga tayyorgarlik boʻyicha seminar oʻtkazildi. Unda tumanda tashkil etilgan 22 ta otryad rahbari, mutasaddi tashkilot, korxona vakillari ishtirok etdi.
Joriy yilning 10-iyunidan tumanda gʻalla oʻrimi boshlanadi. Shu sababli, barcha kombaynlarning soz holda ekanini tekshirish, qoʻshimcha texnikalarni jalb etish, mavsumda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Hududda tashkil etilgan maxsus shtab oʻrim davrida 24 soatlik ish rejimida ishlashi kerak boʻladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Ohangaron tumanida 8 ming 110 gektar maydonga gʻalla ekilgan boʻlib, bu yil davlatga gʻalla topshirish rejasi 19 ming 690 tonna etib belgilangan. Oʻrim mavsumiga 22 ta kombayn va 50 ga yaqin yuk tashish mashinasi jalb etilgan.
Umuman olganda, olib borilayotgan saʼy-harakatlar tufayli bu yilgi gʻalla hosili oʻz vaqtida yigʻib olinadi. Bu esa gʻalla yetishtiruvchi klasterlar va fermer xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirib, birinchi navbatda, ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.