FVB o‘rinbosari pora ustida qo‘lga tushdi
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 3 million so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga pul talab qilgan.
Bu holat O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni talablarini ochiqdan-ochiq buzishdir. Chunki mansab vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qonunga zid va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tezkor tadbirda u ashyoviy dalillar bilan ushlangan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
A.Qayumov, O‘zA