Futzal: Oliy liganing 4-turi bugun yakunlanadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy liga bahslarining 4-tur uchrashuvlariga Jizzax viloyati mezbonlik qilmoqda.
Turning kechagi uchrashuvlarida “Metallurg” jamoasi 2:1 hisobida OKMK klubidan ustun kelgan bo‘lsa, “Maksam-Chirchiq” va “Oil Star” o‘rtasidagi o‘yin 0:3 hisobida yakunlandi. “Lokomotiv” esa 5:2 hisobida “Surxon” jamoasini taslim qildi. “Dinamo” hamda “Dizak” bahsi 1:1 hisobida yakunlandi.


Bugun, 19 dekabr kuni Oliy liga bahslarining 4-tur uchrashuvlari yakunlanadi. Ushbu kunda “Bunyodkor” – “Metallurg, OKMK – “Nasaf”, “Dizak” – “Paxtakor”, “BMB” – “Dinamo” klublari o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA