Futzal. Jizzaxda to‘rtinchi tur o‘yinlari start oldi
Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 4-tur o‘yinlari start oldi. Uch kun davom etadigan musobaqaning dastlabki kungi o‘yinlari qiziqarli, tomoshabop o‘tdi.
AGMKga qarshi to‘p surgan “Nasaf” birinchi bo‘lib hisobni ochgandi, biroq yakunda bitta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi. “Bunyodkor” va “Huaxin-Jizzax” uchrashuvining birinchi bo‘limida kuchlar teng kelayotgandi. Ikkinchi bo‘limda aka-uka Choriyev va Rahmatovning gollari evaziga jizzaxliklar hisobda ilgarlab ketishdi. “Qaldirg‘ochlar”ga hatto jizzaxliklarning mohir hujumchisi Ixtiyor Ropiyevning o‘z darvozasini “nishonga olishi” ham foyda bermadi.
“Maksam-Chirchiq” va “Metallurg” jamoalari bahsida har ikkala tomondan o‘z darvozasini ishg‘ol etish xolatlari kuzatildi, yakunda esa bekobodliklar yirik hisobda ustunlikka erishishdi. Chempionat boshlangandan buyon birorta ham ochko ishlay olmagan zarafshonliklar “qora an’anasini” yana davom ettirishdi – “Paxtakor” jamoasiga beshta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishdi.
Futzal. Oliy liga
Jizzax. “So‘g‘diyona” s.m. 4-tur.
Birinchi kun. 22 dekabr, chorshanba
AGMK – NASAF – 3:2 (0:1)
Gollar: Davlat Ibrohimov (31), Muzaffar Ahadjonov (32), Artur Yunusov (34) – Mamasharif Xalimov (7), Jasur Xalimov (38)
PAXTAKOR – STROITEL-ZARAFSHON – 7:2 (4:1). 24 tomoshabin.
Gollar: Muhammad Zoirov (2), Dilshod Irsaliyev (3, 4, 20), Shoislom Shobahromov (27), Zahriddin Abduvaliyev (32), Sherzod Mustafoyev (34) – Ravshan Tolibov (5, 33)
BUNYODKOR – HUAXIN-JIZZAX – 2:4 (1:1). 234 tomoshabin.
Gollar: Muhammadbobur Rahmonberdiyev (17) – Ilhomjon Hamroyev (14), Davron Choriyev (33, 37), Dilshod Rahmatov (36), Ixtiyor Ropiyev (37-o‘z darv.)
MAKSAM-CHIRCHIQ – METALLURG – 3:6 (1:2). 56 tomoshabin.
Gollar: Odiljon Asamov (7), Timur To‘raqulov (38-o‘z darv.), Husanxon G‘aniyev (40) – Ilhom Rajabov (6), Farhod Qodirov (11), Sanjar Ziyoxonov (21, 38), Ulug‘bek Xudoyorov (27), Maxsud Fayzullayev (32-o‘z darv.)
Oybek YUNUSOV, O‘zA