Futbolchilarimizning ishonchli g‘alabasi
Avstraliya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha XVI Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziyaning «Da’rul Ta’zim» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Sidney shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda har tomonlama ustunlikka ega bo‘lgan futbolchilarimiz raqiblarini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinda Igor Sergeyev, Jamshid Iskandarov, Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov raqib darvozasiga bittadan gol kiritib, terma jamoamizning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Osiyo kubogi musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi «V» guruhida Xitoy, Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalari bilan bahslashadi. Hamyurtlarimiz guruh bosqichining dastlabki uchrashuvini 10-yanvar kuni KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.