Futbol: Kubok uchta stadionga olib boriladi
O‘zbekiston Superligasining joriy mavsumdagi chempion jamoa nomi 12 noyabr kuni o‘tadigan 26-turda aniq bo‘ladi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionligi uchun kurash "Paxtakor", "Navbahor" va "Nasaf" klublari o‘rtasida kechishini inobatga olgan holda har uchala jamoa ishtirokida o‘yinlar o‘tadigan stadionga kubok olib borilishi rejalashtirilmoqda. Maqsad Superligasining maxsus chempionlik kubogini o‘sha omadli jamoa muxlislari guvohligida topshirish.
Chempionlik uchun da’vogar ikkita jamoaning o‘yini Toshkentda kechishidan kelib chiqib, g‘oliblarga taqdim etiladigan oltin medallar poytaxtda qoldiriladi. Chempionlik Namangan klubiga nasib qilgan taqdirda sovrinlar vodiyga alohida yetkazib beriladi, deyiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabarida.
T.Ro‘ziyev, O‘zA