Fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini sud orqali himoyalaş kafolatlari kuçaytiriladi
Parlament quyi palatasi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama qilindi.
Mazkur loyiha böyiça Oliy sud Raisi örinbosari Ş.Polvonov batafsil töxtalib ötdi:
— Uşbu qonun loyihasi sud amaliyotida aniqlangan huquqiy böşliqlar va qarama-qarşiliklarni bartaraf etiş, fuqarolar hamda tadbirkorlik subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qiliş kafolatlarini kuçaytirişga qaratilgan. Loyiha bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga, “Davlat boji töğrisida”gi hamda “Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida”gi qonunlarga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Xususan, fuqarolik holati hujjatlari yozuvlaridagi notöğriliklarni sud tartibida aniqlaş bilan boğliq işlarni körib çiqişning aniq protsessual tartibi belgilanmoqda. Bu fuqarolarning ortiqça ovoragarçiligini kamaytiriş, öz huquqlarini tiklaş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, sud boşqaruvçilarini vazifasidan ozod etiş hamda örniga yangi boşqaruvçini tayinlaş tartibi aniqlaştirilmoqda. Yaʼni, tölovga qobiliyatsizlik işlari doirasida sud boşqaruvçisi öz vazifalarini lozim darajada bajarmagan taqdirda, unga tölanadigan haq miqdorini kamaytiriş, ayrim sud hujjatlari ustidan şikoyat qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, sudgaça sanatsiya qiliş hamda sud boşqaruvçilarini vazifasidan ozod etiş tartiblari közda tutilmoqda.
Kreditorlar talablarini hisoblaş hamda qanoatlantiriş bilan boğliq munosabatlar tartibga solinmoqda. Şuningdek, korxona faoliyatini davom ettiriş imkoni bölgan hollarda iş yuritişni tugatiş, manfaatdor şaxslarning ayrim sud hujjatlari ustidan şikoyat huquqini belgilaş, tölovga qobiliyatsizlikka oid işlarni körişning protsessual tartib-taomillari va muddatlarini aniqlaştiriş kabi masalalar belgilanmoqda.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinişi sudlar faoliyati samaradorligini yanada oşiriş, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritişi uçun eng qulay şaroitlar yaratişga xizmat qiladi.
M.Komilova,
ÖzA