Fuqaroga nogironlik aravachasi berildi
Uzoq payt davomida to‘shakki mixlanib qolish, atrofdagi go‘zallikni ko‘rolmaslik insonni qanchalik tushkunlikka soladi. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1-guruh nogironi Dildora Ergashova ham bir necha yillardan buyon kasallik tufayli, yurish baxtidan mosuvo bo‘lib qoldi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi vakillari xayrli tashabbusni ilgari surib, ushbu fuqaroga ulug‘ ayyom kunlarida nogironlik aravachasi hadya qildi. Bundan baxtiyor bo‘lgan o‘ksik qalblar yaratganga shukronalik keltirib, bugungi siyosatdan minnatdorligini bildirdi. Ko‘zlariga quvonch yoshlari keldi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.