Fransiyadagi ish tashlashlar va noroziliklar
Kecha, 19 yanvar Fransiyada pensiya islohoti tufayli ish tashlashlar va norozilik namoyishlari kuni bo‘ldi.
Mamlakat bo‘ylab transport va ta’lim muassasalari ishini to‘xtatdi. Bu haqda “euronews” xabar berdi.
Fransiya hukumati pensiya yoshini 62 dan 64 yoshga ko‘tarmoqda va to‘liq pensiya olish uchun zarur bo‘lgan pul o‘tkazmalari miqdorini oshirmoqda.
“Biz kasaba uyushmalari birligining o‘ziga xos xususiyatini tan olishimiz kerak, bu bizga katta kuch beradi. Bu masalada o‘rtamizda hech qanday kelishmovchilik yo‘q. Bu so‘nggi 15-20 yil ichida birinchi marta sodir bo‘lmoqda”, dedi “Egilmagan Fransiya” partiya yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon.
Ish tashlashlar poytaxt Parijdagi jamoat transporti va butun mamlakat bo‘ylab poyezdlar harakatining katta qismini falaj qildi. Davlatga tegishli elektr ta’minotchi “EDF” kompaniyasi ishchilari elektr ishlab chiqarishni qisqartirganliklarini aytdilar.
“Franceinfo” va “France Inter” jamoat radiostansiyalari efirni yangiliklar o‘rniga musiqa bilan to‘ldirdi. “France 2” telekanali ham takroriy eshittirishlarni namoyish etdi.
O‘zA