Fransiyada mahbus “omadli sumka”da qamoqdan qochdi
Fransiya janubi-sharqida joylashgan "Corbas" qamoqxonasida g‘ayri oddiy qochish holati kuzatildi. Bir mahbus jazo muddatini o‘tab chiqayotgan hamxonasining sumkasiga yashirinib, qochishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda mamlakat turmalar boshqarmasi direktori SNN muxbiriga ma’lum qildi.
Mazkur holat shanba kuni ertalab aniqlangan va zudlik bilan tekshiruv boshlangan. Mulozim hodisani “misli ko‘rilmagan” deya baholab, jiddiy kamchilikka yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Manbaga ko‘ra, ushbu hibsxona haddan tashqari gavjum, bu esa xodimlar ish sharoitini murakkablashtirmoqda.
“Ovi yurishgan” qochoq bir necha jinoyati uchun jazo o‘tayotgan edi. Fransiyada avval ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan. O‘tgan yil “Pashsha” laqabi bilan tanilgan mahkum Muhammad Amra qamoqqa olib borilayotgan vaqtda qurolli shaxslar tomonidan hujumga uchragan va qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA