Fransiyada COVID-19dan vafot etganlar yuz mingdan oshdi
Fransiyada yuz mingdan ortiq kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakat mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha G‘arbiy Yevropada uchinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, payshanba kuni yana 296 kishi koronavirusdan vafot etgan. Aytish mumkinki, Fransiyada vaziyat tobora jiddiylashmoqda.
«Pandemiya boshlanganidan beri ko‘p odamlar halok bo‘lgan, ular virusga duchor bo‘ldi. Biz ularning oilalari, yaqinlari, ota-onasidan ayrilgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan aka-ukalar, opa-singillarga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz», – dedi Fransiya prezidenti Emanuyel Makron.
Ta’kidlash joizki, Fransiyada maktablar 26 apreldan boshlab bosqichma-bosqich qayta ochilishi rejalashtirilgan. Hukumat may oyining o‘rtalarida boshqa cheklovlarni ham bekor qilishi mumkin.