Fransiya muzeyidan 2 500 yillik noyob marjon o‘g‘irlandi
“The Art Newspaper” nashri xabar berishicha, Fransiyaning Shatiyon-syur-Sen shahrida joylashgan “Musyee du Pays Châtillonnais – Tryesor de Vix” muzeyidan noyob tarixiy buyum o‘g‘irlandi.
Niqob taqqan ikki shaxs boshqa mijozlar ko‘z o‘ngida ko‘rgazma oynasini sindirib, qimmatbaho marjonni olib qochgan. “Viks xonimi” nomi bilan tanilgan kelt malikasi qabridan 1953-yil topilgan mazkur buyum taxminan 2 500 yillik tarixga ega. Og‘irligi 450-480 gramm keladigan ushbu oltin marjon kelt madaniyatiga oid eng noyob arxeologik yodgorliklardan biri hisoblanadi.
Bu jinoyatchilar muzeydagi boshqa qimmatbaho buyumlarni ham o‘g‘irlab ketgan. Hozir huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergov olib борилмоқда.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA