FQB Trampga suiqasd sababini aniqlay olmayapti
“Washington Post” xabar berishicha, AQSH Fedaral qidiruv byurosi prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd qilgan 20 yoshli yigitning jinoyati sababini hamon aniqlay olmadi.
Federal tergovchilar voqega hech qanday asos yoki xorijiy aralashuv holatini topmadi. Mutaxassislar 20 yoshli gumonlanuvchi Tomas Kruksning besh yillik faoliyatini o‘rganishdi.

FQB aybdor qanday qarashga egaligini aytishga hali tayyor emas. U izchil siyosiy yo‘nalish namoyon etmagan. Shunchaki, internetda Demokratik va Respublikachilar partiyalari qurultoylari va Prezident Jo Baydenga tegishli turli xil ma’lumotlarni to‘plagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyul oyida uyushtirilgan suiqasd natijasida davlat rahbarligiga da’vogar qulog‘idan yaralangan edi. Ayni payt ushbu hodisa bo‘yicha tergov davom etyapti.