Fozilov Azamat Sobirovichning geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Ohangaron havzasi yer osti suv resurslariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ta’sirini baholash» mavzusida
Fozilov Azamat Sobirovichning 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim yetilgan «Ohangaron havzasi yer osti suv resurslariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ta’sirini baholash» mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 15-dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15-uy, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti binosi, 24-xona.
Tel/faks: (+99895) 410-20-10; (+99866) 239-19-36.
ye-mail: rektor@samdu.uz