FOTOREPORTAJ: Regbi-7 bo‘yicha talabalar bahsi davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida regbi-7 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakat chempionati doirasida o‘tkazilayotgan turnirning ilk 2 kunida 8 ta ayollar jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Bugun respublikamizning turli oliy o‘quv dargohlaridan tuzilgan 10 ta: O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, TATU Farg‘ona filiali, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti, Guliston davlat universiteti jamoalari bahslarga kirishdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari ertaga – 7 noyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
[gallery-4569]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA