FOTOREPORTAJ: qor ostidagi olma daraxti
Uyda qoling
Uyda qoling
Shaharda 3 sotixga yetar-yetmas hovlida oilam bilan turaman. Olma, uzum, shaftoli daraxti bor. Kecha boshlagan qor, ertalabgacha atrofga sepini yoyib ulgurgan edi.
Fursatni boy bermadim: endigina gullagan olma shoxlariyu, barg yoza boshlagan tok novdalari fotoapparatim obyektiviga muhrlana boshladi. Hatto darvoza, elektr toki simlarini ham eʼtibordan qochirmadim. Soʻngra ularni Sizga ilindim.




