FOTOREPORTAJ: Bahor qoʻshigʻi
Bu yil bahorning tashrifidan, quyoshning iliq taftidan, daraxtlarning bodroqday gullaganiyu zamindan bosh koʻtargan maysa va chechaklarning tarovatidan qalblarimiz har galgidek yayrab ketdi, deya olmaymiz.

Ha, afsuski, shunday. Chunki butun dunyoni oʻz changalida sarosimaga tushirgan tojdor virus tabiatning kun sayin goʻzallashayotganini bor-yoʻgʻi derazadan tomosha qilishga majbur etmoqda. Lekin bahor qoʻshigʻini kuylayotgan qushlarning chugʻur-chugʻuri, turfa gullarning muattar boʻyi yoki tuyqusdan yogʻa boshlagan yomgʻir shitir-shitiri derazalar osha xonadonimizga kirib kelganda, koʻklam moʻjizalarni koʻrishga oshiqamiz. Lekin... bugun uyda qolib, dunyoni baloi ofatdan qutqarishdek muhim vazifa masʼuliyati ostona xatlab tashqariga chiqishga yoʻl qoʻymaydi.
Odamzodning feʼli qiziq, baribir kelinchakdek malohatli oʻrikzorlarni, olchazorlarni, qiygʻos ochilgan lolalaru gunafshalarni koʻrib, quvongimiz keladi. Hayratlanishni istaymiz.
Bugun sizga ana shu quvonch va hayratni ulashmoqchimiz.