Firibgarning rejasi amalga oshmadi
Shofirkon tumani Iskogare mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro S.E. shu mahallada yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro F.Mni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qiladi. Unga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘ladigan imtihondan tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, 400 AQSH dollari miqdoridagi pulni talab qiladi.
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan 2023 yil 25 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs tumanning Savrak mahallasida joylashgan “Zaxratun” supermarketi oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan ayni kunlarda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA