Firibgar ayolning rejasi amalga oshmadi
G‘ijduvon tumanida pora evaziga ta’lim maskaniga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ayol qo‘lga tushdi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
G‘ijduvon tumani IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Natijada G‘ijduvon tumani Olmazor mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.V. ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kiradi. Natijada unga o‘zining vakolatli tanishlari orqali tumandagi 5-sonli IDUMda kompyuter texnik operatori lavozimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 200 AQSH dollari miqdorida pora talab qiladi. 2023 yil 15 iyun kuni taxminan soat 11:10 larda ushbu ta’lim muassasasi oldida fuqaro S.N. dan kimyoviy ishlov berilgan 2 million 500 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.V. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA