Firibgar ayolning qilmishi fosh bo‘ldi
Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan yana bir virtual firibgarlik qilgan shaxs fosh etildi.
Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 3 noyabr kuni noma’lum shaxs “OLX” sayti orqali yutuq chiqqanligini aytib, Vobkent tumani Charmgaron mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.K. ning plastik kartochkasiga paynet shoxobchasi orqali 800 ming so‘m yutuq pullarini o‘tkazib berishini aytadi. Natijada aldov yo‘li bilan plastik karta raqami va uning maxfiy kodini qo‘lga kiritib, kartadan 4 million 20 ming so‘m pullini yechib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qiladi.
Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand shahar Damariq mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro H.B. ismli ayol sodir qilganligi aniqlanadi.
Hozirda ushbu gumon qilinuvchi ayolning boshqa shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA