Firibgar 300 dollarni olayotganda qo‘lga tushdi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining navbatdagi tezkor tadbirida Buxoroda yana bir firibgarlik jinoyati fosh etildi.
Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi. Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida joriy yilning 19 noyabr kuni Vobkent tumani elektr tarmoqlari korxonasi ustasi, Vobkent tumani Kulolchi mahallasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro D.D. o‘zga bir fuqaroning ishonchiga kirib yashash xonadoniga viloyat elektr tarmoqlari korxonasida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali uch fazali elektr liniyasini ulab berishni va’da qiladi. Natijada evaziga undan 300 AQSH dollari berishni so‘rab, ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA