Fikrat Sadixov: "O‘zbekiston nufuzli mamlakat"
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi juda ham nufuzli davlat. Shuningdek, Ozarbayjon bilan ikki tomonlama shaklda faol hamkorlik qilayotgan turkiy tilli davlat. Bu haqda siyosatshunos, G‘arbiy-Kaspiy universiteti professori Fikrat Sadixov 1news.az yangiliklar saytiga bergan intervyusida ta’kidladi.
— Biz uchun O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi roli o‘ta muhim. Diniy va tarixiy ildizlar, etnik yaqinlik muayyan ma’noda ikki tomonlama munosabatlarimizning bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Bundan tashqari, Ozarbayjon va O‘zbekiston ham bugungi tarixiy voqelik – yangi geosiyosiy reallik muhitida ham muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatlarning bir qator mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan pozitsiyalari o‘xshash. Davlatlarimiz o‘rtasida katta sondagi hujjatlar, kelishuvlar imzolangan, har ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro tashriflari tashkillashtirilgan.
Ozarbayjon prezidentining tashrifi ikki tomonlama munosabatlarning yanada dinamik rivojlanishiga va xalqaro maydondagi pozitsiyalarining yaqinlashishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston har doim Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan. O‘zbekiston rahbari va boshqa rasmiylarning bu boradagi qator bayonotlari bunga misol bo‘la oladi.
O‘zA