Fermerlarning qarzi undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida tumanlarning olis hududlarida joylashgan, shuningdek Byuro organlariga kelishga qiynaladigan shaxslarning murojaatlarini joyida va masofadan turib, onlayn-tarzda qabul qilib, ko‘rib chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, tuzilgan reja-jadval asosida hududlarda bevosita boshqarma boshlig‘ining ishtirokida sayyor qabullar tashkillashtirilmoqda.
Shunday sayyor qabullardan biri Taxtako‘pir tumani Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tdi va unda jami undan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Ularning 8 tasi joyida hal qilingan bo‘lsa, qolganlari alohida nazoratga olinib, qonuniy hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Masalan, sayyor qabul davomida, tumanda faoliyat yuritayotgan 38 ta fermer xo‘jaligi rahbari, o‘zlari tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosi uchun “Agroworld Agrikultural Cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan olishi lozim bo‘lgan jami 1,8 milliard so‘m pulini undirib berishni so‘rab murojaat qilgan. Ushbu murojaat alohida nazoratga olinib, qarzlarni undirishning barcha qonuniy choralarini ko‘rish haqida Byuroning Taxtako‘pir tuman bo‘limi xodimlariga topshiriq berilgan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakati natijasida, fermer xo‘jaliklari foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 1,8 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik shu kunning o‘zida to‘liq undirilishi ta’minlanib, fermerlarning buzilgan huquqi tiklandi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari hududlarda davom etmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri