Fazliddin Erkinboyev boks bo‘yicha jahon chempioniga aylandi
Angliyaning Liverpul shahrida boks boyicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, namanganlik Fazliddin Erkinboyev 75 kilogrammgacha vazn toifasida o‘tgan bellashuvlarda barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Fazliddin Erkinboyev bolgariyalik Kivan Ramini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 20 yoshida jahon chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu kunda Navbahor Hamidova, Abdumalik Xalokov, To‘rabek Habibullayev, Jahongir Zokirov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Javohir Ummataliyev va Akmaljon Isroilov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz o‘z vazn toifalarida dunyo birinchiligining final bosqichiga yo‘l oldi. Yarim final janglarida mag‘lub bo‘lgan Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova hamda Aziza Zokirova bronza medali bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA