Faxriylar faxrimiz
Bugungi tinch va osoyishta kunlarimizning asoschilari boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamisha xalqimiz ardogʻida.
Bugungi tinch va osoyishta kunlarimizning asoschilari boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamisha xalqimiz ardogʻida.
Ularga izzat-ikrom koʻrsatish, holidan xabar olish ezgu qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Fashizmga qarshi mardonavor jang qilgan, ogʻir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar, xalqimiz erkinligi va ozodligi uchun jon fido qilgan insonlar xotirasi hamisha barhayotdir.
Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5-may kuni Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov va professor N.Shodmonov Dehqonobod tumani “Otkamar” MFY Otkamar qishlogʻida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdilakim bobo Jabborov xonadoniga tashrif buyurdi.
Qarshi davlat universiteti rektori B.Shoimqulov Abdilakim boboni bayram bilan tabriklab, yurtimiz, xalqimiz tinchligi yoʻlida qilgan xizmatlari uchun oʻz minnatdorligini bildirdi. Xuddi shu kuni Qarshi davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori J.Shonazarov Yakkabogʻ tuman hokimligi mutasaddilari bilan birgalikda Yakkabogʻ tumani Xiyobon MFY Xiyobon qishlogʻida yashovchi ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Mengish bobo Salimov holidan xabar oldi.
Tashrif davomida otaxon bilan dildan suhbat qurildi. Urush xotiralari yodga olinib, bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalar aytildi.