Favvoralar sayli koʻtarinki ruhda oʻtmoqda
FOTOREPORTAJ
Samarqand shahrining 8 hududidagi favvorlar atrofida 1 may — Favvoralar kuni munosabati bilan sayl tashkil etilmoqda.
Taʼkidlash joizki, ayni paytda Samarqandda 50 dan ortiq favvora boʻlib, ularning 10 dan ortigʻi nurli favvoralardir.
Belgilangan rejaga muvofiq, saylning birinchi qismi ertalab soat 10:00 dan 14:00 gacha oʻtkazildi.
“Favvoralar sayli” tadbirlari oʻtkazilayotgan joylarda sanʼat ustalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari yosh ijrochilari, badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturlari uyushtirilib, saylga kelganlarga bayram kayfiyati ulashilmoqda. Shuningdek, milliy oʻyinlar, tanlovlar, milliy liboslar koʻrgazmalari tashkil etilmoqda.
Saylning ikkinchi qismi 17:00 dan 22:00 gacha oʻtkaziladi.


