Farida Afro‘z: Vatan onamning yuragidan boshlanadi… (+video)
Vatanni onaga qiyoslashadi...
Vatanga bo‘lgan muhabbat..., vatan sog‘inchi..., vatan mehri..., vatan orzusi..., vatanga bo‘lgan sadoqat..., vatanga bo‘lgan “rashk”..., vatan armoni..., vatan himoyasi... – bu tushunchalarning barchasi “ona” degan muqaddas so‘zi bilan tenglikdagi ifodalanishidir.
Bu ikki so‘z o‘rtasidagi yaqinlik bamisoli ajratib bo‘lmaydigan qalb va yurakni ifodalash kabidir. Tug‘iladigan har bir go‘dakning kindik qoni to‘kilgan maskani, sog‘inch va mehr taftini his qila oladigan, bag‘rida erkin o‘nib-o‘sib, kamol topadigan va bir dunyo orzular qurshovida ulg‘ayadigan, himoyasi ostida armondan holi, ba’zan erkalanib, rashki keladigan darajadagi qizg‘anish hissini hosil qiladigan barcha tuyg‘ularni – onaga ham, Vatanga ham qiyoslash mumkin.
Bayram arafasida O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, dilbar shoira Farida Afro‘z bilan Vatanning har bir qarich tuprog‘ida eng beg‘ubor xotiralarimiz ko‘milganligi, umrimiz davomida shu yurtning ravnaqi uchun har birimiz ozmi-ko‘pmi o‘z hissamizni qo‘shish ham aslida faxr va burch ekanligi haqida suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hSi9W2WQ-sI" title="Farida Afroʻz: Vatan onamning yuragidan boshlanadi…" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA