Farg‘onadan Toshkentga borish qimmatga tushadigan bo‘ldi
2021 yil 15 dekabr kuni soat 18-10 larda noma’lum shaxs Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasida 35 yoshli U.M., dan bahosi 1 million 500 ming so‘mlik “Samsung A-30-S” rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilish uchun so‘rab olib, telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 19 yoshli I.A. va voyaga yetmagan 17 yoshli N.J. lar sodir etganligi aniqlanib, I.A.dan jabrlanuvchi U.M.ga tegishli “Samsung A-30-S” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan I.A. va voyaga yetmagan N.J.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, qonunbuzarlar ushbu jinoyatni Toshkent shahriga borish uchun sodir etganliklari, N.J. ning yo‘l haqi uchun puli bo‘lmaganligi sababli ushbu tarzda yengil pul topishni ko‘zlaganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
M.Sulaymonov, O‘zA