Farğonada zargarlik nufuzli sohaga aylanmoqda
Buyuk ipak yölida joylaşgan Farğona, uning qadim Qubo, Marğilon, Xöqand şaharlari qadim savdo va hunarmandçilik markazlari, karvonsaroy, sarroflari bilan maşhur edi.
Marğilon esa noziktaʼb, mohir zargarlari bilan dong çiqargan. Bugun viloyat muzeylaridagi eksponatlar orasida öşa zamon ustalarining noyob işlari – arxeologik topilmalarni uçratiş mumkin.
Hozirga kelib azaliy tarix qayta tiklandi. Farğonada zargarlik ustaxonalari oçildi. Yoşlarni bu kasbga örgatadigan mahorat maktablari faoliyat körsatmoqda. Şundanmi, zargarlik sohasiga sarmoya kiritaman, degan xorijiy investorlar ham Farğonaga intilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ozarbayjonlik investor, “Baku Oltin” MÇJ qöşma korxonasi taʼsisçisi Muşfig Ibrahimzadeni qabul qildi.
Uçraşuvda zargarlik buyumlari işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş, mahsulot turlarini köpaytiriş va korxona faoliyatini kengaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Bugungi kunda korxonada import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarilayotgani, ularga içki bozorda talab yuqori ekani maʼlum qilindi. Kelgusida yangi turdagi zargarlik buyumlarini işlab çiqariş, loyiha kölamini kengaytiriş, qöşimça iş örinlari yaratiş hamda mahsulotlarni xorijiy bozorlarga eksport qiliş rejalaştirilgan.
Viloyat hokimi özaro manfaatli investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirib, taşabbuslarni amalga oşirişda zarur amaliy kömak körsatilişini taʼkidladi.
Muhammadjon Obidov,
ÖzA