Farg‘onada xaridorning 200 dollari qalbaki ekan....
Joriy yilning 10 may kuni noma’lum shaxs Uchko‘prik tumani Begobod qishlog‘i hududida joylashgan kredit savdo do‘konida uyali telefon sotib olmoqchi ekanligini aytib, “Samsung Galaxy A 20-S” rusumli uyali telefon apparatini 2 million 100 ming so‘mga sotib olishga kelishishgan.
Ikki dona 100 AQSH dollar kupyurasidagi 200 AQSH dollari hamda 80 ming so‘m pullarini berib, telefonni olgan. U do‘kondan chiqib ketgan so‘ng sotuvchi noma’lum shaxsdan olgan 200 AQSH dollari kupyurasi qalbakiligi haqida shubha qilgan.
O‘tkazilgan texnik kriminalistik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 2 dona 200 AQSH dollari qiymatidagi kupyura AQSH pul biletlarini ishlab chiqaruvchi davlat korxonalarida tayyorlanmaganligi, kupyura tekis ofset bosma usulda amalga oshirilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni D.F. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.