Farg‘onada prezident maktabida o‘qishni istaydiganlar ko‘p
Bugungi kunda yoshlarimizning Prezident maktablarida o‘qish istagi juda kuchli. Buni Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlaridan yaqqol bilish mumkin.
Farg‘ona va Marg‘ilon shahrida test sinovlari uchun har tomonlama tayyorlangan 10 ta binoda umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 7 ming 17 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatiga 293 ta hujjat to‘g‘ri keldi.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 5-sinfiga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Shahardagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ham o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Imtihonlarning ilk bosqichi ochiq va shaffof holda bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, viloyatning anklav hududda joylashgan So‘x tumanida ariza topshirgan o‘quvchilar ham kirish imtihonlarida ishtirok etishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
[gallery-18172]
Prezident maktablarining 2-bosqich kirish imtihonlari esa 26 iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA