Farg‘onada o‘quv-taktik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligining 2022-2023 o‘quv yillarga mo‘ljallangan rejasiga asosan, hudud xavfsizligini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahrida o‘quv-taktik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda Mudofaa vazirligi, prokuratura, Ichki ishlar organlari, Favqulodda vaziyatlar va boshqa hamkorlik qiluvchi tuzilmalari ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda harakat qilish, aholi tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashga oid ko‘nikmalarni mustahkamlashdir.
M.Sulaymonov, O‘zA