Farg‘onada nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlar mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirdan maqsad tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni keng targ‘ib qilish, shuningdek, ularning davlat buyurtmachilari bilan hamkorligini kengaytirishdan iborat.
Yarmarkada 50 ga yaqin ishlab chiqaruvchi ishtirok etib, oziq-ovqat, yengil sanoat, hunarmandchilik, maishiy va boshqa yo‘nalishlardagi 200 dan ziyod turdagi mahsulotlarini namoyish qildi.
[gallery-31687]
Tadbirning birinchi yarmida davlat buyurtmachilari tomonidan umumiy qiymati 300 million so‘mlik shartnomalar imzolandi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar tomonidan 62 million so‘mlik mahsulotlar xarid qilindi.
Yarmarka yakunida “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor”, “Eng yaxshi hunarmand”, “Eng yosh ishtirokchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA