Farg‘onada muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi
FOTOREPORTAJ
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar tantanali ravishda Vatanga qasamyod qildi.
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yigitlik burchini o‘tash uchun yurtimizning turli nuqtalaridan saralab olingan muddatli harbiy xizmatchilar yodida mazkur tadbir bir umrga muhrlanib qoladigan bo‘ldi. Tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov askarlarga mudofaa vazirining tabrigini o‘qib eshittirdi va samimiy tilaklarni bildirdi.
Tadbir saf maydoniga Vatanimiz va Mudofaa vazirligi bayrog‘i olib kirilishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng yigitlar qat’iyat va ishonch bilan xalqimiz hamda ona Vatanimiz oldidagi yigitlik burchini ado etish uchun keng jamoatchilik guvohligida tantanali qasamyod qildi. Muddatli harbiy xizmatchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi. Harbiy orkestr va faxriy qorovul chiqishlari yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.
[gallery-11570]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA