Farg‘onada maktabgacha ta’limga qamrov 86,3 foizga yetdi
Farg‘ona viloyatida 2022 yil yakuni bo‘yicha 3-7 yoshdagi bolalar soni 308 ming 412 nafarni tashkil etib, 265 ming 234 nafar bolalar bog‘chaga qamrab olingan. Qamrov ko‘rsatkichlari 86,3 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bilan viloyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida eng yuqori maktabgacha ta’limga qamrov darajasini qayd etdi.
Viloyatda 83 ta xususiy, 112 ta davlat sherikligidagi, 2 ming 239 ta oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrab olingan. Yil davomida viloyatdagi to‘liq quvvatda ishlamayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘liq kunli va qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda davlat maktabgcha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hisobiga qamrov ko‘rsatkichlari oshdi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar ulushini 25 foizgacha yetkazish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 33,1 foizni tashkil etmoqda.
M.Sulaymonov, O‘zA