Farg‘onada kuz manzaralari
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda kuz faslida tabiat o‘zgacha go‘zallikka burkanadi, daraxtlar rang-barang liboslarga o‘ranadi. Bu yoqimli mavsumda yurtdoshlarimiz, odatda toza va musaffo havodan bahramand bo‘lish uchun ona tabiat bag‘riga oshiqadi.
Farg‘ona shahrida ham tillarang, qizg‘ish yaproqlar bilan qoplangan ko‘chalar, quyosh nuri yoki kuzga xos sokinlikka soatlab tikilish, undan zavq olish mumkin. Dunyoning qaysi burchagida bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu faslga xos go‘zallik kishini o‘ziga lol etmay qo‘ymaydi.
[gallery-9199]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA