Farg‘onada jami qo‘llangan vaksinalar 2 million dozadan oshdi
Joriy yilning 16 sentyabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hududlari bo‘ylab, 18 994 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
1-bosqich emlanganlar 2 947 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 7 851 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 8 196 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha viloyatda jami 2 010 745 doza vaksinadan foydalanildi.
Emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Oltiariq tumani 151 943 doza,
O‘zbekiston tumani 151 779 doza,
Quva tumani 137 335 doza,
Farg‘ona shahri 136 616 doza,
Beshariq tumani 133 785 dozani tashkil qildi.
Shuningdek, 13 sentyabr kuni AQSH hukumati tomonidan COVAX global vositasi orqali beg‘araz ko‘mak sifatida O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 1,2 million dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan edi. Viloyatga aholini 1- va 2-bosqichlarda emlash uchun 135 720 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi ajratildi. Shundan aholini birinchi bosqichda emlash uchun 67 860 doza viloyat omboriga olib kelindi. Vaksina 17 sentyabrdan tarqatilishi rejalashtirilgan.
Xabaringiz bor, yurtimizda jami 21 455 214 nafar fuqaro emlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatida 2 418 520 nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan. Shundan bir marta bo‘lsa ham vaksina olgan aholi hududdagi jami emlanuvchilarning 39,8 foizini tashkil qilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA