Farg‘onada “IV Ustozlar milliy forumi” o‘tkazilmoqda
Farg‘ona shahridagi 46- va 47-umumta’lim maktablarida “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostida an’anaviy “IV Ustozlar milliy forumi” o‘tkazilmoqda.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan forum ta’lim tizimidagi islohotlar, yangilangan o‘quv rejalari va dasturlar, ilg‘or pedagogik metodikalarni o‘qituvchilar amaliyotiga tatbiq etish, ustozlar mahoratini oshirish va nufuzini yuksaltirish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-24742]
Ustoz – jamiyat tayanchi, xalqning eng ishonchli suyanadigan kuchidir. Ta’limdagi har bir yutuq, kelajak avlodning tarbiyasi ularning mehnati bilan bog‘liq. Forumda 19 ta sho‘’bada jami 361 nafar pedagog hamda viloyat Pedagogik mahorat markazining 19 nafar metodist ustozi ishtirok etmoqda.
Farg‘ona shahridagi 46-maktabda boshlang‘ich ta’lim, ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, o‘zbek tili, xorijiy til, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, geografiya va iqtisodiyot, maktabgacha ta’lim hamda texnologiya fanlari, 47-umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya, fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlaridan o‘qituvchilar mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Tajribali trenerlar tomonidan noan’anaviy usullarda trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/9qnGT4m912I" title="Farg‘onada “IV Ustozlar milliy forumi” o‘tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodbek Polvonov va maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ochib, o‘tgan yilda erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi. Ushbu yutuqlarda fidoyi ustozlar mehnati beqiyos ekanligi e’tirof etildi hamda forum ishiga muvaffaqiyat tilandi.
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV olgan surat va video