Farg‘onada avtomaktabda ishlovchi ayol pora bilan ushlandi
DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan ayol pora bilan qo‘lga tushdi
“Fergana avto Shcoll” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli haydovchilar tayyorlash maktabida kotiba vazifasida ishlovchi O.I G.A.ni Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi YXHB RIBda ishlovchi tanishlari orqali unga o‘qishga kelmasdan, imtihonlarga qatnashmasdan “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini 10 kun ichida olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga avtomaktab yonida 3 million 500 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Hozirda O. I.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 168-moddasi 1-qismi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA