Farg‘onada 4 ta tumanga rahbarlar tayinlanishi kutilmoqda
Bugun Farg‘ona viloyatining Quva, Yozyovon, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida xalq deputatlari mahalliy kengashlarning navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan tashkiliy masala o‘rin olgan.
Kecha Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan Farg‘ona viloyat faollari yig‘ilishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Quva tumanining 4 ta sektor rahbari, O‘zbekiston tumani hokimi va prokurori hamda Yozyovon tuman hokimi ishdan olindi.
Sessiyalarda tumanlarga yangi rahbarlar tayinlanishi kutilmoqda.
M. Sulaymonov, O‘zA