Farğonada 33 mingdan ziyod fuqaroning mulkiy huquqlari eʼtirof etildi
Farğona viloyatida özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş işlari davom etmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun köp yillar davomida huquqiy jihatdan rasmiylaştirilmay kelingan uy-joy va yer uçastkalari bilan boğliq masalalarni hal etişga xizmat qilmoqda.
Özbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi «Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida»gi Qonuni ijrosi doirasida viloyatda bu yönalişda muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Farğona viloyati Kengaşining yettinçi çaqiriq yigirma oltinçi sessiyasida xatlov natijalari asosida yana 7 ming 211 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari va ular joylaşgan yer uçastkalariga bölgan huquqlarini eʼtirof etiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Natijada viloyatda mazkur qonun doirasida huquqlari eʼtirof etilgan fuqarolar soni 33 ming 191 nafarga yetdi.
Bu esa minglab fuqarolarning uzoq yillar davomida huquqiy jihatdan rasmiylaştirilmay kelingan uy-joylari va yer uçastkalari bilan boğliq masalalarni hal etişga xizmat qilmoqda. Eʼtirof etilgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziş fuqarolarning mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-32370]
Mazkur jarayon aholining mulkiy huquqlarini taʼminlaş, huquqiy kafolatlarni mustahkamlaş hamda köp yillar davomida yeçimini kutib kelgan masalalarni qonuniy tartibga solişga xizmat qilmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA