Fargʻonada yangi korxona ish boshlaydi
“Fargʻonaazot” AJ bazasida Rossiyaning “Sinteks Rus” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda “SYNTEX” qoʻshma korxonasiga asos solindi.
“Fargʻonaazot” AJ bazasida Rossiyaning “Sinteks Rus” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda “SYNTEX” qoʻshma korxonasiga asos solindi.
Hozirda loyihalash institutlari bilan hamkorlikda korxona faoliyatiga doir aniq yoʻnalishlar ishlab chiqilmoqda. Dastlabki kelishuvlarga koʻra, amalga oshiriladigan loyihaning boshlangʻich qiymati 90 million AQSH dollarini tashkil etishi mumkin.
Korxona faoliyatining ilk bosqichida 14 ming 800 ming kord mato, 4400 ming metr kvadrat texnik mato va 26 ming tonna poliefir-shtapellik tola ishlab chiqarish moʻljallangan. Mahsulotlar eksportga yoʻnaltiriladi.
2022-yilda ish boshlashi kutilayotgan korxona Yevropa texnologiyasi va uskunalari bilan jihozlanadi. Shu tariqa 450 yangi ish oʻrni yaratiladi.