Fargʻonada ham tuzalayotgan bemorlar soni ortmoqda
Tuzalganlarning barchasi ayollardir. Fargʻona viloyatidan boʻlgan bu fuqarolar kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlib, virusga chalingan.
Fargʻona shahridagi 2-sonli shifoxonasida tashkil etilgan provizor gospitalda koronavirus kasalligiga chalingan 3 nafar bemor butkul tuzaldi va masʼullar ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barchasi ayollardir. Fargʻona viloyatidan boʻlgan bu fuqarolar kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlib, virusga chalingan.

Eʼtiborli jihati, soʻnggi kunlarda Fargʻona viloyatida kasallikdan sogʻayganlar soni ortib bormoqda. Jumladan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida hozirga qadar 73 nafar bemor butkul sogʻaydi. Mazkur shifoxonalarda muolajalar belgilangan standartlar asosida olib borilayotgan boʻlib, shifokorlar bemorlarning sogʻligi uchun kurashmoqda.